O‘zbekiston chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Andijon” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsda durang natija qayd etildi.
Uchrashuvni har ikki jamoa vakillari faol boshlashdi, biroq birinchi bo‘lib gol urish andijonliklarga nasib etdi. 18-daqiqada Oybek Qilichevning burchakdan uzatib bergan to‘pini Ro‘zimboy Ahmedov boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi.
Ikkinchi bo‘limni mezbonlar qator hujumlar bilan boshlashdi, hisob esa 78-daqiqada tenglashdi. Aziz Ibragimov himoyachilardan qaytgan to‘pni Mirniy darvozasiga joylab qo‘ydi.
Qolgan daqiqalar oldingilaridek keskin ruhda o‘tdi, ayniqsa o‘yin yakunlanishi arafasida maydonda va tribunada tartibsizliklar yuzaga keldi. Hisob esa o‘zgarmay qoldi.
"Navbahor" ushbu o‘yindan keyin ochkolarini 14 taga yetkazib olgan holda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Andijon” (8) esa 11-pog‘onaga chiqib oldi.
“Navbahor” – “Andijon” 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 18 Ahmedov, 1:1 – 78 Ibragimov.
"Navbahor": 23. Dilshod Haroyev, 6.Oston O‘runov (14. Bahodir Nasimov, 67), 7.Azim Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 11.Aleksandr Kasyan, 15.Obid Jo‘raboyev (5. Slavko Lukich), 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 30.Abdujamol Isroilov, 32.Jahongir Mehmonov, 70. Abbos G‘ulomov (4. Aziz Ibragimov, 57).
"Andijon": 77. Vitaliy Mirniy, 3. Bobir Omonov, 7. Oybek Qilichev, 8. Farhod Bekmuratov, 10. Shahzod Ubaydullayev, 21. Ildar Mamatkazin, 22. Ro‘zim Ahmedov, 24. Doniyor Ismoilov (23. Abdurahmon Abdulhaqov), 26. Radosav Aleksich, 75. Asror G‘ofurov, 88. Abror Xusinov (4. Farhod Mirahmatov, 44).
Ogohlantirishlar: Husinov (37), Solovyov (39), Ismoilov (39), Aleksich (53), Bekmurodov (84). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi