

“Paxtakor” – AGMK uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
- Nechanchi o‘yindirki, birinchi bo‘limni u qadar muvaffaqiyatli o‘tkaza olmayapmiz. Uydagi bir qator o‘yinlarda, safarda ham birinchi bo‘limda umuman o‘yinimiz qovushmadi. Qolaversa, ko‘plab o‘yinlarning dastlabki 15 daqiqasida o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yuboryapmiz. Buni statistika ham ko‘rsatib turibdi. Bugun “Paxtakor” jamoasi haqli tarzda g‘alaba qozondi. Nimagadir o‘yinimiz barqaror ko‘rinish olmayapti. Rahbariyatdan iste’fo so‘rayman, - dedi mutaxassis.
Manba: pfl.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar