Professional boksning super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) 8 iyun kuni o‘zining uchinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Mazkur jang Nyu-Yorkdagi mashhur Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tadi. Hozircha uning raqibi noma’lum. Isroil shu kuni o‘zining WBA Intercontinental chempionlik kamarini himoya qiladi.
Mazkur boks oqshomining markaziy jangida qozog‘istonlik afsonaviy bokschi, 4 ta yo‘nalish bo‘yicha sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin (38 ta g‘alaba, 1 ta durang, 1 ta mag‘lubiyat, 34 ta nokaut) ringga chiqadi. Golovkin shu kuni kanadalik Stiv Rollsga (19 ta g‘alaba, 10 ta nokaut) qarshi ringga chiqadi. Jang DAZN internet-platformasi orqali translyatsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov professional boksda so‘nggi marta 9 mart kuni venesuelalik Frank Roxasga qarshi ringga chiqib, raqibini nokautga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi