date
views 3 010

Baxtiyor Ashurmatov mish-mishlarga oydinlik kiritdi va kelajakdagi rejasini oshkor qildi

Baxtiyor Ashurmatov mish-mishlarga oydinlik kiritdi va kelajakdagi rejasini oshkor qildi
Bugun turli ijtimoiy tarmoqlarda Baxtiyor Ashurmatovning "Navbahor"da ish boshlashi haqidagi mish-mish xabarlar keng tarqaldi.
Mazkur vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Baxtiyor Ashurmatov bilan bog‘landik.

"Buxoro" jamoasining sobiq bosh murabbiyining ta’kidlashicha, bu xabarlar hech qanday asosga ega emas. Ya’ni, Ashurmatov mish-mishlarni to‘liq inkor etdi hamda kelajakda o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yadigan jamoada uzoq muddat ishlash rejasi borligini yashirmadi.

"Bu yangilik hech qanday asosga ega emas.To‘g‘ri, "Navbahor" jamoasiga mehrim boshqacha. Lekin u yerda ayni paytda murabbiy ishlamoqda. Hozircha hech qaysi jamoadan taklif bo‘lgani yo‘q. Ayni damda uydaman. Farzandlarimga, oilamga ko‘proq vaqt ajratish imkoni bo‘lganidan foydalanyapman. O‘g‘illarimni futbol mashg‘ulotlariga olib boryapman. Buyog‘iga men o‘z oldiga yuqori maqsad ko‘ygan jamoadan taklif bo‘lsa, o‘sha yerda kamida 3-4 yil ishlamoqchiman. Endi o‘ylamasdan qaror qilishga, xato qilishga haqqim yo‘q", - dedi Baxtiyor Ashurmatov.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili "Buxoro"da yordamchi murabbiy sifatida ishlagan va mavsum o‘rtasidagi AGMK ruliga o‘tirgang Ashurmatov olmaliqliklar bilan O‘zbekiston Kubogida zafar quchgandi.

Joriy mavsumni esa "Buxoro" bosh murabbiyi sifatida boshlagan Ashurmatov 8-turdan so‘ng iste’foga chiqishni ma’qul ko‘rdi va ayni paytda erkin agent maqomida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov mish-mishlarga oydinlik kiritdi va kelajakdagi rejasini oshkor qildi