Toshkentning «Humo» xokkey klubi Rossiyaning Oliy Xokkey Ligasi (OXL) a’zosiga aylandi.
Sochi shahrida OXL klublarining rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonning «Humo» klubi rasman tanishtirildi. Jamoa 2019/20 mavsumidan boshlab OXLda ishtirok etadigan bo‘ldi.
Klub taqdimoti O‘zbekiston Xokkey Federatsiyasi vitse-prezidenti Kirill Matveyev va «Humo» klubining bosh menejeri Normunds Seyeys tomonidan o‘tkazildi. Yangi mavsumda jamoani rossiyalik mutaxassis Yevgeniy Popixin boshqaradigan bo‘ldi.
OXL – ochiq xalqaro xokkey ligasi bo‘lib, nufuzi jihatidan Kontinental Xokkey Ligasidan (KXL) keyin ikkinchi o‘rinda turadi. O‘tgan mavsumda ligada Rossiyaning 26ta, Qozog‘istonning 3ta va Xitoyning 2ta klubi ishtirok etgan. Qozog‘istonning «Sariarka» klubi chempionlikni qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi