UFC’ning yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari Habib Nurmagomedov 7 sentyabrda Abu-Dabida amerikalik yakkakurashchi Dastin Pore bilan jang o‘tkazadi. Bu haqda UFC matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jang UFC 242 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. 30 yoshli Habib uchun ushbu jang chempionlik unvonining ikkinchi marta himoyalashi bo‘ladi. Bundan avvalroq u 2018 yil 6 oktyabrda irlandiyalik Konor Makgregorni mag‘lub etib, kamarini himoyalay olgandi.
Habib chempionlik kamarini 2018 yil 7 aprelda amerikalik El Yakvintani mag‘lub etib qo‘lga kiritgan. Hozirda dog‘istonlik yakkakurash jangchisining hisobida 27 ta jangdan 27 ta g‘alaba bor.
30 yoshli Pore 31 ta jang o‘tkazib, undan 25 tasida qo‘li baland kelgan, 5 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Uning ishtirokidagi yana bir jang bo‘lib o‘tmagan deb topilgan. Pore oxirgi o‘tkazgan 5 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin