07:02 / 06.06.2019
2 410

Rasman! Buffon “PSJ”ni tark etdi

Rasman! Buffon “PSJ”ni tark etdi
Fransiyaning “PSJ” klubi darvozabon Janluidji Buffon bilan xayrlashganligini ma’lum qildi. Klub matbuot xizmati Buffon borasida quyidagi xabarni qoldirdi.

“Maydonda va uning tashqarisida ham jentelmen, ajoyib jamoadoshdir. Kelajakdagi uning ishlariga ulkan tilaklar bildiramiz. Barcha va barchasi uchun rahmat, xayr Buffon”, - deyiladi klub ijtimoiy tarmog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yozida Buffon “Yuventus” klubidan erkin agent sifatida “PSJ”ga ko‘chib o‘tgan edi. Yakunlangan mavsumda u parijliklar libosida 25ta uchrashuvda maydonga tushdi va 25 marotaba to‘p olib chiqdi.

Italiya OAV xabariga ko‘ra, Buffon “PSJ”dan ketgan taqdirida ham faoliyatini yakunlamoqchi emas. Unga vatanidan bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman! Buffon “PSJ”ni tark etdi