Foto: «Gazeta.uz»
«Ozodlik» nashrining muxbiri, «Ozodlik» radiosi o‘zbek xizmati xodimi Umid Bobomatov 4 iyun kuni Toshkentga kelishi bilan O‘zbekistondan deport qilindi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.
«4 iyun kuni Toshkentga yetib kelishim bilan hech qanday izoh, protocol, imzo va boshqa rasmiyatchiliklarsiz meni mamlakatdan chiqarib yuborishdi», — deya yozadi muxbir o‘zining Facebook sahifasida.
Postiga qo‘shimcha qilib, unga deportatsiya qilishda berilgan hujjatning rasmini ham joylagan. Unda «Ushbu hujjat egasi O‘zbekiston respublikasiga kirishi ma’n qilindi», — deb yozilgan.
Ushbu hujjat bilan jurnalistni Moskvadan Toshkentga olib kelgan Uzbekistan Airways samolyoti uni qaytarib Moskvaga olib ketgan.
Ushbu hujjat «ikkiyoqlama tekshirish»ni yuzaga keltirgan. Moskvaga yetib borgach, jurnalistni Rossiya xavfsizlik xizmati xodimlari ham so‘roq qilgan.
Umid Bobomatov deportatsiyaning sababi hozircha noma’lum ekanini, ammo kasbiy faoliyati bilan bog‘liqligini xabar qilgan.
«Meni mamlakatdan chiqarib yuborish bilan bog‘liq ishlarning barini men va mening hamkasblarim uchun yashirin tahdid, ogohlantirish sifatida qabul qilaman. Hamda bu tahdidlar O‘zbekistonda «ochiqlik, demokratik g‘oyalarga sodiqlik, so‘z erkinligi va korrupsiyaga qarshi kurash» haqidagi balandparvoz gaplarning fonida sodir bo‘lmoqda», — deydi jurnalist.
Rossiya fuqarosi Umid Bobomatov «Ozodlik»ning Moskvadagi muxbiri bo‘lib ishlaydi. Radiostansiyaning xabar berishicha, ilgari u O‘zbekistonga muntazam ravishda tashrif buyurgan.
May oyida O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi «Ozodlik»ning ish uslubini tanqid qilib, ularni umume’tirof etilgan jurnalistik axloq me’yorlariga zid deb atagan edi.
Xususan, agentlik rahbari Komil Allamjonov «Ozodlik» tahririyatining noxolis va asosan ishonchsiz materiallarni nashr etishga qaratilgan bir yoqlama va yanglish siyosati jamoatchilik, umuman global auditoriyaning chalg‘ishiga sabab bo‘lib, bu vaziyat ko‘plab savollarni keltirib chiqarishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi