O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng mehmonlar ustozi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O‘ylaymanki, bugun har ikki jamoa ham yaxshi o‘yin namoyish etdi. O‘zbekiston bahsda kuchliroq ko‘rindi. Aytishim lozimki, jamoamiz yig‘ilganiga endi 20 kun bo‘ldi. Umuman olganda o‘yin yaxshi o‘tdi", - deb so‘z boshladi koreyalik murabbiy.
-O‘tkazib yuborilgan dastlabki ikkita golni qanday izohlaysiz?
-Aytish mumkinki, stadiondagi atmosfera futbolchilarga bosim o‘tkazdi. Biz o‘yindan-o‘yinga futbolchilarimizning mahoratini oshirib boramiz.
-2010 yilda KXDR juda yaxshi taassurot qoldirgandi. O‘shandan keyin jamoa o‘sishi kutilgandi. Biroq, pasayish yuzaga keldi. Bunga sabab nima?
-Bizda yosh futbolchilarning rivojlanish jarayoni ko‘ngildagidek kechmadi. 2010 yildan so‘ng ko‘p kuchli futbolchilarimiz bilan xayrlashdik. Bunga aynan shu sabab bo‘lishi mumkin.
-Bugungi o‘yindan kelib chiqib, O‘zbekiston terma jamoasining eng kuchli tomoni nimada deb o‘ylaysiz?
-O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarining individual mahoratlarini alohida qayd etib o‘tgan bo‘lardim.
Aziz To‘xtamurodov yozib oldi
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi