O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (4:0) so‘ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper matbuot anjumanida ishtirok etmoqda.
"Meni mamnun etgan narsa, yangi futbolchilarni kuzatib oldik. Shu bois ularning o‘yini o‘xshamasligi mumkin, ammo men ulardan qoniqdim. Xursandman, yangi futbolchilar natijaga ham o‘z hissasini qo‘shishdi.
O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, pressing ba’zida o‘xshadi, ba’zida yo‘q. O‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdan maqsad yangi futbolchilarni sinab olish.
Men raqib jamoa futbolchilarining xatosi haqida biror narsa deya olmayman. Gol urilgan vaziyatlar ham aynan bizning pressingimiz samarasi bo‘ldi. Kuchli raqiblar xatolarni kechirishmaydi. Agarda, Shimoliy Koreya hujum qila olmagan bo‘lsa, futbolchilarimni tabriklasam bo‘ladi. Biroq natija meni alday olmaydi.
Bu qadar ko‘p muxlis keladi deb o‘ylamagan edim. Hayron qoldim. Ularning qo‘llab-quvvatlashi ham bugun futbolchilarga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi.
Oldinda Suriyaga qarshi o‘yin kutib turibdi va yangiliklarni sinab ko‘rish uchun vaqt yetarli. Ayrim futbolchilar klublarda yaxshi o‘ynashadi. Ular buni terma jamoada ham amalga oshirishlari kerak. Futbolchilar qancha ko‘p gol ursa, men bundan xursand bo‘laman. Raqobat bizga juda foydali bo‘ladi", - dedi argentinalik mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin