UYeFA Millatlar ligasi musobaqasining bronza medallari uchun kechgan Shveysariya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z yakuniga yetdi.
“Afonsu Enrikesh” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinning asosiy vaqtida durang natija qayd etildi. Vaziyatlar ikki jamoada ham kam bo‘ldi va darvozalar dahlsiz qoldi.
Ikkinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida inglizlar hisobni ochishga erishgandilar, biroq gol videotakrorlardan so‘ng bekor qilindi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham g‘olib nomi aniqlanmadi.
Penaltilar seriyasida omad inglizlarga kulib boqdi.
Shu tariqa, terma jamoasi musobaqaning bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Millatlar ligasi
Uchinchi o‘rin uchun o‘yin
Shveysariya – Angliya 0:0 (Pen: 5:6)
Shveysariya – Zommer, Sher, Akandji, Rodriges (Drmich, 87), Elvedi, Fernandesh (Zakariya, 61), Froyler, Shakiri (Suber, 65), Djaka, Mbabu, Seferovich (Okafor, 113).
Angliya – Pikford, Maguayr, Gomes, Rouz (Uoker, 70), Delf (Barkli, 105), Alli, Lingard (Sancho, 105), Sterling, Dayer, Aleksander-Arnold, Keyn (Uilson, 75).
Ogohlantirishlar: Rouz (23), Lingard (27), Djaka (116).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi