Xabaringiz bor kecha Andijonda O‘zbekiston hamda Misr olimpiya terma jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Lyubinko Drulovich ishtirok etdi.
- Bugun biz taktik tomondan juda yaxshi o‘ynadik, - deya gap boshladi, Drulovich. - Bunga qadar Misr terma jamoasining o‘yinini sinchiklab o‘rganib chiqqandik. O‘ylaymanki, shu ham uchrashuvni foydamizga hal qilishda qo‘l keldi. Futbolchilarimiz himoyadan hujumga juda yaxshi o‘tishdi. Biz buni mashg‘ulotda iloji boricha yaxshiroq o‘zlashtirishga harakat qilganmiz. Bugungi o‘yinni foydamizga hal qilishda andijonlik ishqibozlarning daldasi katta yordam berganligini alohida ta’kidlashim kerak. Barcha ishqibozlarga va jurnalistlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bugungi yutuq barchamizniki.
- Bugungi uchrashuvda sizga nima yoqdi va nima yoqmadi?
- Tarkibimizda jarohatlangan futbolchilar borligini his etgan holda uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rdik. Shu sababli futbolchilarni bellashuvga tayyorlashda biroz qiyin vaziyat yuzaga keldi. Ayniqsa, anchadan beri o‘yin amaliyotisiz qolgan Aziz G‘aniyevni aytishim mumkin. Yana shuni aytishim kerakki, jamoani qayta oyoqqa turg‘azish oson bo‘lmaydi.
Chunki oradan hech qancha vaqt o‘tmay ushbu raqibga qarshi navbatdagi o‘yinni o‘tkazamiz. Asosiysi, bugun futbolchilarimiz yaxshi o‘ynashdi. Xususan, darvozabonimiz Umid Ergashevni alohida ko‘rsatishib o‘tishim kerak. Futbolchilarimizning taktik tomondan yaxshi o‘yin ko‘rsatishgani menga yoqdi. Zahiradan maydonga tushganlar ham o‘yinga yaxshi qo‘shila oldilar.
- Bugungi o‘yindan kelib chiqqan holda Namangandagi uchrashuvda qanday o‘zgarishlarga qo‘l urmoqchisiz?
- Shak-shubhasiz navbatdagi uchrashuv uchun tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladi. Chunki qisqa fursat oralig‘ida futbolchilardagi charchoqni bartaraf etishning iloji yo‘q. Tarkibimizda o‘zgarish bo‘lishi aniq. Kim yaxshiroq holatda bo‘lsa, navbatdagi o‘yinda maydonga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?