Sosa Sola Superligada 11-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Amaldagi chempion "Lokomotiv" Toshkentda "Surxon" bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvni mezbonlar faol boshladi. 16-daqiqada Islom To‘xtaxo‘jayev hisobni ochdi. 27-daqiqaga kelib Yovan Jokich olis masofadan Asilbek Amanov darvozasini ishg‘ol qildi.
Ikkinchi bo‘limda "temiryo‘lchilar" Arslonmurod Amanov va Temurxo‘ja Abduxoliqovlar tomonidan kiritilgan gollardan so‘ng hisobni 4:0ga keltirdi. Bunga esa "Surxon" safida Abbosbek Maxstaliyev bir marotaba javob qaytardi. 88-daqiqaga kelib esa Azizbek Omonov yakuniy nuqtani qo‘ydi. Shu tariqa "Lokomotiv" Superliga debyutanti ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Sosa Sola Superliga, 11-tur
“Lokomotiv” – “Surxon” 5:1 (2:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 16 To‘xtaxo‘jayev, 2:0 – 27 Jokich, 3:0 – 67 Amanov, 4:0 – 73 Abduxoliqov, 4:1 – 79 Maxstaliyev, 5:1 – 88 Omonov 88.
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Davron Hoshimov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteyev, Yovan Jokich, Igor Yelich, Azizbek Haydarov (Azizbek Amonov, 46), Jamshid Iskanderov, Arslanmirat Amanov (Diyor Turopov, 72), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Javohir Alijonov, 80).
"Surxon": Asilbek Amonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Ayubxon No‘’monov, Rahmatullo Berdimurodov, Sherzod Karimov (Abbosbek Maxstaliyev, 66), Shavkat Salomov, Abdul Aziz Yusupov (Azamat Allaniyazov, 69), Abror Ismoilov, Vladimir Bubanya, A’zam Aliyev, Darko Stanoyevich. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?