Boks boʻyicha superogʻir vazn toifasida WBO, IBF, WBA va IBO versiyalari boʻyicha sobiq jahon chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri germaniyalik Tom Shvarsga qarshi jangda gʻalaba qozondi. Jangning ikkinchi raundida texnik nokaut qayd etildi.
Nokdaun holatidan keyin Shvars oʻrnidan koʻtarildi, ammo shundan keyin raqibning hujumlariga qarshilik koʻrsata olmadi va referi jangni toʻxtatdi.
Tyson Fury slips & slides away from the attack from Tom Schwarz before getting the stoppage pic.twitter.com/2xsxJsbb6P
— RICO_Boxing1 (@RICO_Boxing1) June 16, 2019
Jang Las-Vegasda (AQSH, Nevada shtati) oʻtkazildi. Fyuri faoliyatida 28-marta gʻalaba qozondi (20tasida nokaut bilan), u bir jangda durang qayd etgan. Shvars 25-jangida ilk marta magʻlub boʻldi (16 nokaut).
Eslatib oʻtamiz, 2015-yilning noyabr oyida Tayson Fyuri 12 raundlik jangda Vladimir Klichkoni hakamlarning yakdil qarori bilan magʻlubiyatga uchratib, IBF, WBA va WBO chempionlik kamarlarini qoʻlga kiritgandi. Maʼlum muddatdan soʻng, britaniyalik bokschi majburiy jang oʻtkazishdan bosh tortgani uchun IBF kamaridan mahrum etilgan edi.
Keyinroq doping namunasiga kokain moddasi topilganidan soʻng, Fyuri bokschilik litsenziyasi va barcha chempionlik kamarlaridan mahrum etilgandi.
U oxirgi marta 2018-yilning dekabrida WBC kamari uchun amerikalik Deontey Uaylderga (40-0) qarshi ringga chiqib, hakamlar qaroriga koʻra magʻlub boʻlgandi (u 9 va 12-raundlarda nokdaun holatiga tushgan). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?