
PSJ prezidenti Nosir al-Xelayfi jamoadagi yulduz futbolchilarining xatti-harakatlari ijobiy tomonga o‘zgarmasa, ular bilan hayrlashishga tayyorligini bildirdi.
«Futbolchilar o‘zlariga yuklangan vazifalarni avvalgiga qaraganda yaxshiroq bajarishi kerak. Ularning o‘z ishlariga bo‘lgan munosabati boshqacha bo‘lishi zarur. Ular ko‘p ishlashi va yana ishlashi kerak bo‘ladi… Ular bu yerga xursandchilik qilish uchun kelishmagan. Agar ular mazkur talablarga rozi bo‘lmas ekan, marhamat ular uchun eshiklarimiz ochiq. Chao! Men boshqa bu yulduzlarning o‘zini tutishiga chidab tura olmayman», – deya qayd etgan 45 yoshli qatarlik tadbirkor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar