Serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevich «Navbahor» bosh murabbiyi lavozimini egalladi, deb xabar bermoqda Tribuna.uz nashri.
Bugun, 25 iyun kuni klubda taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga yangi murabbiyni tanishtirdi.
Shundan so‘ng Namangan shahar hokimi, «Navbahor» klubi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov va Deyan Jurjevichlar o‘zaro shartnomaga imzo chekishdi.
Ma’lumot uchun, 51 yoshli mutaxassis 2012 yilda «Paxtakor» bosh murabbiyi bo‘lgan, keyinroq Samvel Babayan O‘zbekiston milliy jamoasi boshqaruviga kelgach, unga xorijlik yordamchi va O‘FF qoshidagi Terma jamoalar markaziga texnik direktor etib tayinlangan edi. Jurjevich faoliyati davomida, shuningdek, Serbiya o‘smirlar terma jamoasi va Serbiyaning qator klublarini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, «Navbahor»ni 2018 yil oktyabridan buyon boshqarib kelgan rossiyalik Andrey Kanchelskis o‘tgan hafta oxirida qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga chiqarilgandi.
«Lochinlar» Superligada 12-turdan keyin 4-o‘rinda borishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi