O‘FAning yangi rahbariyati o‘zbek futboli faxriylari, murabbiylar va muxlislar kengashlarini tuzishga qaror qildi. Bu haqda bugun, 29 iyun kuni assotsiatsiyada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Tribuna.uz muxbirining ma’lum qilishicha, anjumanda so‘z olgan tashkilot vitse-prezidenti Ravshan Ermatov mazkur uchta kengashni tashkil etish zaruratiga to‘xtalib o‘tgan.
«Tarixsiz kelajak yo‘q»
«Futbolimiz tarixi va faxriylariga alohida e’tibor qaratamiz. Xalqimizda «Tarixsiz kelajak yo‘q», degan naql bor. Futbolimiz tarixini hurmat qilmasak, kelajagini ham hurmat qilmagan bo‘lamiz.
Shuning uchun O‘FA binosida kichik muzey tashkil etdik. Bu bino – o‘zbek futbolining uyi. Bu yerga OFKdan, FIFAdan va boshqa tashkilotlardan kelgan mehmonlarga bizga futbol kecha kirib kelmaganini, u o‘z tarixiga egaligini ko‘rsatishda bu muzeyning ahamiyati juda ham katta
Yaqin kunlarda o‘zbek futboli faxriylar kengashini qaytadan tiklashni maqsad qilganmiz. Ularning maslahat va duolari bizga hali ko‘p foyda keltiradi. Ularga hurmat ko‘rsatmasak, keyingi avlod bizni kechirmaydi», – dedi Ermatov.
«Stadionlarni sun’iy to‘ldirish yo‘lidan bormaymiz»
«O‘zbek futboli muxlislari juda talabchan. Ular futbolimizning haqiqiy jonkuyarlari va 12-futbolchisi. Avvalo shuni aytmoqchimanki, biz stadionlarni sun’iy ravishda to‘ldirish yo‘lidan yurmaymiz. Rejalarimiz bosqichma-bosqich amalga oshib, futbolimiz saviyasi ko‘tarilsa, ularning o‘zlari stadionga oqib kelishadi.
Yildan yilga muxlislik madaniyati oshib boryapti, lekin ular orasida mag‘lubiyatdan keyin hakamlar, murabbiy futbolchilarning shaxsiyatiga tegadigan gaplar ham uchrab turibdi. Bu muxlislik madaniyatiga kirmaydi. Shu yo‘nalishdagi ishlarimizni yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yish uchun muxlislar kengashi tuzishni niyat qilganmiz. Superliga jamoalari va terma jamoalarimizning fan-klublari bilan birgalikda ishlaymiz», – deya qayd etdi O‘FA vitse-prezidenti.
«Har bir xato futbol rivojini bir necha yilga ortga surib yuborishi mumkin»
«Futbolni futbol qiladiganlar – murabbiy va futbolchilardir. Endilikda yo‘nalishni o‘zgartirib, biz ularni birinchi o‘ringa qo‘yamiz va assotsiatsiya xodimlari ularning xizmatchisiga aylanamiz. Mendan boshlab, O‘FAning har bir xodimi – futbolning xizmatchisi. Futbolni futbol qiladigan odamlarni hurmatini joyiga qo‘ysak, xudo xohlasa, ular ham ikki barobar kuch bilan harakat qilishadi. Bunga ishonamiz.
Endi murabbiy va futbolchilarning dardiga ko‘proq quloq solishga harakat qilamiz. Murabbiylar kengashini ham qayta tiklaymiz.
Oldin murabbiylar kengashi bo‘lardi. Terma jamoalarga murabbiylar tanlash, murabbiy va futbolchilar bilan bog‘liq masalalar o‘sha kengashda maslahat qilinardi. Biz bu kengashni yaqin kunlarda qayta tiklaymiz.
Murabbiylar kengashidan o‘zbek futbolining tarixi va zamonaviy o‘yin uslubini yaxshi tushunadigan tajribali murabbiylar o‘rin oladi. Bu ishni yo‘lga qo‘ymasak, ertaga murabbiy tanlashda yoki boshqa yo‘nalishlarda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yishimiz mumkin. Bundan buyon xato qilishga haqqimiz yo‘q. Har bir xato futbolni bir necha yilga orqaga surib yuborishi mumkin. Shuning uchun maslahatlashib, shoshmasdan, o‘ylab, keyin bir qarorga kelamiz», – deya ta’kidladi Ravshan Ermatov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi