2 730
Arveladze: "Muxlislardan stadionda o‘zlarini yaxshi tutib, haqorat qilmasliklarini so‘rayman"
Superliga 13-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng "sherlar" ustozi Shota Arveladze uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Qiyin o‘yin bo‘ldi. Qo‘qonda hamisha og‘ir bahs kechadi. Bu yerda chempionat doirasida 2002 yildan beri yutmagandik. Birinchi bo‘lib gol ura olmadik. Vaziyatlarni yuzaga keltirdik, oxirgi aniq uzatma yetishmadi. Gol o‘tkazib yuborgan bo‘lishimizga qaramay, g‘alaba qozondik. Jamoa xarakter ko‘rsatdi. Chempionlikka shunday yutuqlar bilan erishiladi.
Avvalgidek o‘ynay olmaganimiz sababini turli narsalardan izlamayman. Ba’zida shunday bo‘lib turadi. Barcha biz bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatishni istaydi. Mezbonlar kubokdagi og‘ir o‘yindan so‘ng ham jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi. Balki, yetarlicha ruhan hozirlana olmagandirmiz. Birgina holatni aytmagan bo‘lardim.
Biz futbol o‘ynagani kelamiz. Agar jamoamdan kimdir o‘zini madaniyatsiz tutgan bo‘lsa, unda klub va rahbariyat nomidan kechirim so‘rayman. Lekin muxlislardan ham o‘zlarini yaxshiroq tutishlari, jamoa a’zolari oilalarini haqorat qilmasligini so‘rardim. Biz futbolchilar bilan zarur suhbat o‘tkazamiz", - deb gruziyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi