"Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Aziz To‘xtaboyev ishtirok etdi.
"Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Uchrashuv tugashiga 20 soniya qolganida gol o‘tkazib yutqazib qo‘ydik.
Liga Kubogidagi o‘yin bilan bugungi o‘yinni taqqoslab bo‘lmaydi. O‘shanda "Paxtakor"ning 6-7 nafar futbolchi terma jamoada edi. Shu bois bizning yigitlarda bosim yo‘q edi. Bugun O‘zbekistonning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynadik. Uydagi o‘yinlarda yigitlarda bosim bo‘lmoqda. Agar qo‘rqmay o‘ynaganimizda yutib ham ketishimiz mumkin edi.
Bugun tarkibimizda kim yaxshi o‘ynadi? Shahboz Erkinov, gol urdi va himoyaga ham ko‘p yordam berdi.
Oldinda Liga Kubogi doirasidagi "Lokomotiv" bilan bahsda asosiy tarkib futbolchilarimizga dam beramiz. Asosan yosh futbolchilarga imkoniyat beramiz. Yoshlar mana shunday musobaqalarda o‘ynashmasa qachon o‘ynashadi?
Qo‘qonlik muxlislar biz uchun birinchi raqam! Hamisha mana shunday qo‘llab-quvvatlab turishsa keyingi o‘yinlarda xudo xohlasa g‘alaba qozonamiz", - deydi Aziz To‘xtaboyev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi