Superliganing 13-turi doirasida "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Debyut o‘yin doim qiyin o‘tgan. O‘tgan bir hafta davomida o‘yinga tayyorlandik. "Lokomotiv"ning barcha muxlislarini, klubda xizmat qilayotgan barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun yaxshi o‘yini bilan professionalligini ko‘rsatgan, o‘yindan oldin kelishib olganlarimizni bajargan futbolchilarga, umuman ushbu g‘alabaning tizimida ishtirok etgan barchaga rahmat aytaman.
- Tanaffusda "Lokomotiv" qanchalik darajada o‘zgaradi?
- Bu yerda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Ammo tarkibda raqobat kerak. Futbolchilarning katta qismi termada o‘ynaydi. O‘yinga kelsak, bugun ham biz bir necha sifatlarni o‘zgartira olganimizni ko‘rdik.
- Futbolchilar bilan nimalarni kelishib olgandingiz? Ular sizga qanday va’da berishgandi?
- Bugun biroz havo xalaqit qildi. Biz to‘pni ushlab turishimiz kerak edi. Agarda yana bir bor gol kiritganimizda o‘yin osonroq ketardi. 88-daqiqaga kelib, raqib ochildi va biz ham hujumlarni kuchaytirdik. Ishlashda davom etamiz.
Jamshid Iskanderov: - O‘yin qiyin bo‘ldi. Havoning biroz issiqligi o‘yinga ta’sir qildi. Yangi bosh murabbiy bilan birinchi o‘yinimizni o‘tkazdik. Samvel Babayanning talablariga ko‘nikib olishimiz uchun vaqt kerak. Qo‘limizdan kelgancha oxirigacha kurashib, g‘alabaga erishdik.
- Siz bugun vingerlik pozitsiyasida o‘ynadingiz. Bu sizga noqulaylik tug‘dirmaydimi? Chunki siz asosan markazda o‘ynardingiz.
- "Paxtakor"da 2013 yilda vinger bo‘lganman. Bu men uchun yangilik emas. O‘ng qanotda ham o‘rtada ham o‘ynay olaman. Bu pozitsiyalarda o‘zimni yaxshi his qilaman. Bosh murabbiy meni qaysi nuqtaga qo‘ygan taqdirda o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilaman. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi