O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentligi uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish jarayoni boshlandi.
O‘zbek futbolining yangi rahbari O‘FAning 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari konferensiyasida saylanadi.
«O‘FA ustavining 41-moddasiga muvofiq, O‘FA a’zolari tomonidan O‘FA prezidenti lavozimiga nomzod kiritish bo‘yicha yozma takliflar 14 iyulga qadar Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasi 98-A uyda joylashgan O‘FA Bosh kotibiyatiga taqdim etilishi mumkin», – deyiladi assotsiatsiya rasmiy saytida.
O‘FA ustaviga muvofiq, prezident lavozimiga ilgari suriladigan nomzodlar quyidagi shartlar asosida tanlab olinadi:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashagan bo‘lishi;
- O‘FA a’zolarining har biri o‘zlari ilgari suradigan nomzodni belgilangan tartibda nomzod sifatida saylagan bo‘lishi va saylov o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yig‘ilish bayonnomasini nomzod kiritish bo‘yicha yozma taklifga ilova qilishi lozim;
Yuqoridagi shartlarga mos keladigan nomzodlar xalqaro talablarga muvofiq tarzda O‘FA tomonidan o‘rganib chiqiladi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov O‘FA prezidenti sanaladi. U bu lavozimga 2018 yil yanvar oyida saylangan edi.
2019 yil iyunida O‘FA vitse-prezidentlari o‘zgargan, jumladan Umid Ahmadjonov va Po‘lat Bobojonov o‘rnida Ravshan Ermatov va Muhiddin Jo‘rayev ish boshlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi