«Real» va «Atletiko»ga 2017 yilga qadar yangi futbolchilar sotib olish ta’qiqlandi

FIFA tomonidan "Real" va "Atletiko"ga 2017 yilga qadar yangi futbolchilarni sotib olish ta’qiqlab qo‘yildi.
Xabar qilinishicha, har ikki klub joriy transfer mavsumida futbolchilar sotib olishi mumkin. Ammo yozda va 2017 yilning qishida ushbu ta’qiq amalda bo‘ladi. FIFA "Real" va "Atletiko" amalga oshirgan transferlarni bir yil davomida o‘rganib chiqdi va voyaga etmagan o‘yinchilar bilan kelishuvga erishilgani haqidagi faktlarni aniqladi.
Eslatib o‘tamiz, ilgari aynan shu sababga ko‘ra "Barselona" jazolangan edi. "Real" va "Atletiko" bu borada apellyasiya berish huquqiga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing