
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Frenk Lempard kecha Irlandiyaning "Sent-Patriks" (4:0) klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Ko‘plab yosh futbolchilar o‘zlarini bugungidek ko‘rsatishlari uchun ularga ishonch bildirish kerak.
Ilk daqiqalardan maydonga tushgan Meyson Maunt, Tommi Abraxam va Fikayo Tomori kabi futbolchilar qanday o‘ynaganini ko‘rdingizmi? Bu aynan biz jamoada yuzaga keltirmoqchi bo‘lgan raqobatni paydo qiladi.
Mana endi biz ham ushbu futbolchilarni tarkibda ko‘rishni xohlaymiz, biroq, ular ham asosiy jamoaga munosib ekanliklarini ko‘rsatish vaqti keldi”, - deydi Lempard. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar