Bugun, 15 iyul kuni Toshkentdagi Radisson BLU mehmonxonasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Abdusalom Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi.
U 2018 yil yanvaridan buyon rasman O‘FA rahbari lavozimini egallab kelgan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov o‘rnini egalladi.
Konferensiyada Azizov oldindagi maqsad va vazifalar xususida fikr bildirdi.
"Avvalambor menga bildirilgan ishonch uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. O‘zbekistonda futbol sportning birinchi raqamli turi sanaladi. Shu nuqtayi nazardan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich katta vazifalar qo‘ydilar. Futbol barchaga yoqadigan o‘yin va bu o‘yinda barchasi adolatli bo‘lishi kerak. Bu nafaqat davlatimiz rahbarining, balki butun futbol jamoatchiligining fikridir. Shuni aytish mumkinki, adolat bo‘lmagan joyda o‘sish bo‘lmaydi.
Keyingi yillarda futbolni rivojlantirish ustida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Ammo bu borada bir qator kamchililiklarga yo‘l qo‘yildi. Totalizator, kelishilgan o‘yinlar bo‘lmasligi uchun harakat qilamiz.
Sport prinsiplariga asoslangan holda ish olib boramiz. Yosh iqtidorlarni izlab topish va ularni tarbiyalash assotsiatsiyaning asosiy vaziifasi deb bilaman. Shuningdek hududlarda sarflanayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishga e’tibor qaratiladi. Umid qilamanki, belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oshiramiz", - dedi Azizov.
Konferensiyada O‘FA prezidentidan tashqari vitse-prezidentlar va tashkilot Ijroiya qo‘mitasi a’zolari ham saylandi.
Unga ko‘ra, taniqli hakam Ravshan Ermatov va Ichki ishlar vazirining Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev vitse-prezident lavozimlarini egallagani tasdiqlandi. Ular 14 iyun kuni O‘FAning navbatdan tashqari yig‘ilishida vaqtincha vitse-prezident etib saylangan edi.
Ma’lumot uchun, Abdusalom Azizov avval ham futbol federatsiyasida ishlagan, u 2008-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lganida O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti edi.
General-leytenant Abdusalom Abdumavlonovich Azizov 2019 yilning fevralidan buyon Davlat xavfsizlik xizmati raisi hisoblanadi.
Abdusalom Azizov 1960 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-2006 yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2006-2006 yillarda «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi raisi, 2006-2008 yillarda «O‘zneftmahsulot» aksiyadorlik jamiyati raisi, 2008-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti, 2009-2017 yillarda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, 2017 yil sentyabridan 2019 yil yanvarigacha O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri bo‘lgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?