"Bunyodkor" Belorus Oliy ligasi vakilini mag‘lub etdi

"Bunyodkor" Belorus Oliy ligasi vakilini mag‘lub etdi
Bugun "Bunyodkor" Minskdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari doirasida Belorus chempionati oliy ligasi vakili "Gorodeya" klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

"Gorodeya" shahrida kechgan uchrashuvda "qaldirg‘ochlar" 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Eslatib o‘tamiz, Vadim Abramov shogirdlari bundan uch kun oldin "Smolevichi" klubini yengishga erishgan edilar.

Nazorat o‘yini
"Bunyodkor" - "Gorodeya" (Belorus) 2:1
Gollar:
Maksim Rovbot (34 avtogol), Muhammad Diallo (58) - Dmitriy Bayduk (72).

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Anvar G‘ofurov, Ulug‘bek Abdullayev, Abdulla Abdullayev, Sanjar Qodirqulov, Dilshod Ahmadaliyev, Javohir Qahramonov, Nurillo To‘xtasinov, Xurshid G‘iyosov, Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov.

Zaxiradagilar: Abdumavlon Abdujalilov, Eldor Adhamov, Bobur Farhodov, Muhammadodil Qahramonov, Farrux Ikromov, Muhammad Diallo, Jasurbek Jaloliddinov, Sanjar Rixsiboyev, Vladislav Nuriyev, Valeriy Akopov.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar