
Hozirgina Xalqaro chempionlar kubogi turniri doirasidan o‘rin olgan "Yuventus" hamda "Tottenxem" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
Singapurda kechgan uchrashuv gollarga boy bo‘ldi va yakunda "shporlar" 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Londonliklar safida Erik Lamela, Lukas Moura va Harri Keynlar zafar quchgan bo‘lishsa, bunga turinliklar tarkibida Krishtianu Ronaldu hamda Gonsalo Iguainlar javob qaytarishdi.
"Yuventus" (Italiya) – "Tottenxem" (Angliya) 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 30 Lamela, 1:1 – 56 Iguain, 2:1 – 60 Ronaldu, 2:2 – 65 Lukas Moura, 2:3 – 90 Keyn.
"Yuventus": Buffon (Shchensnы, 46), Rugani (Demiral, 46), De Shilo, Bonuchchi (de Ligt, 63), Joau Kanselu, Matyuidi (Kastanos, 76), Djan (Rabo, 46), Pyanich (Muratore, 76), Bernardeski, Mandjukich (Iguain, 46), Ronaldu (Mateus Pereyra, 63).
"Tottenxem": Gassaniga, Tanganga (Vertongen, 46), Uoker-Piters (Marsh, 71), Alderveyreld (Foyt, 46), Skipp (Bouden, 90), Georgiu (Uayt, 71), Alli (Sissoko, 46), Lamela (Ndombele, 63), Uinks (Roulz, 63), Perrott (Keyn, 46), Son Xыn Min (Lukas Moura, 46).
Ogohlantirish: Perrott (44).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar