Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirayotgan “Qizilqum” futbolchilari yig‘in doirasida uchinchi nazorat uchrashuvini kecha “Buxoro”ga qarshi o‘tkazishdi.
“Qizilqum” futbolchilari avvalgi ikki uchrashuvni “Surxon” (1:1) va “So‘g‘diyona” (0:0)ga qarshi o‘tkazishgandi. Yig‘in doirasida uchinchi nazorat uchrashuvida ular buxoroliklarni taslim etishdi -3:1.
Navoiyliklar o‘yin taqdirini birinchi bo‘limdayoq hal etishdi. "Qizilqum" tarkibida ko‘rikdan o‘tayotgan rossiyalik legioner Ruslan Margiyev ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, yana bir gol boshqa bir legioner astraliyalik Stiven Lustitsa hisobiga yozildi.
Mazkur uchrashuvni "Qizilqum" quyidagi tarkibda o‘tkazdi: Yevgeniy Cheremisin, Sherali Jo‘rayev, Azizbek Usmonov, Lasha Totadze, Salim Mustafoyev, Saidjamol Davlatjonov, Stiven Lustitsa, Ruslan Margiyev, Alisher Sanoyev, Doston Ibragimov, Mate Vatsadze.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Artyom Makosin, Vohid Shodiyev, Akmal Rustamov, Humoyun Abdualimov, Mirjalol Qosimov, Muhsin Ubaydullayev, Sardor Jahonov, Nodirxon Kamolov, Suhrob Yarashev.
Jamoa tarkibidagi o‘zgarishlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, yana ikki nafar futbolchi Maqsud Karimov va Murod Bobojonov jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etishmayapti. Shuningdek, Toshkent yig‘inida jamoa tarkibiga kelib qo‘shilgan Jalil Kimsanov ham ayni paytda jamoa bilan birga emas.
Navoiylik futbol ishiqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan hujumchi Vohid Shodiyev, yarim himoyachi Nodirxon Kamolov, asli navoiylik bo‘lgan yarim himoyachi, birinchi davrada “Buxoro” sharafini himoya qilgan Doston Ibragimov ayni paytda jamoa ko‘rigida bo‘lib turishibdi.
“Buxoro”ga qarshi uchrashuvdan keyin futbolchilar qisqa muddatli ta’tilga chiqishdi. Ikkinchi davraning ilk uchrashuvini “Qizilqum” 26 iyul kuni safarda “Navbahor” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi