Yarimhimoyachi Husniddin G‘ofurov «Lokomotiv»dan «Paxtakor»ga o‘tdi. «Sherlar» matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 25 yoshli futbolchi bilan 1,5 yillik shartnoma tuzilgan.
G‘ofurov Superliganing birinchi davrasida «Lokomotiv» tarkibida 8ta o‘yin o‘tkazib, 4ta golga hammualliflik qilgan edi. U O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida 7 ta o‘yin o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, Husniddin professional faoliyatini 2012 yilda «NBU-Osiyo» jamoasida boshlagan. 2014 yil Serbiyaning «Yavor» klubi bilan bitim imzolab, keyinchalik «Mladost» safiga o‘tgan. G‘ofurov 2018 yildan buyon «Lokomotiv»da o‘ynab kelayotgandi.
Husniddin G‘ofurov
Tug‘ilgan sanasi: 29.07.1994
O‘ynagan jamoalari:
2012—2013 "NBU-Osiyo" - 20 o‘yin, 14 gol
2014—2017 "Yavor" Serbiya - 80 o‘yin, 9 gol
2017 "Mladost" Serbiya - 8 o‘yin, 1 gol
2018—2019 "Lokomotiv" - 37 o‘yin, 4 gol
Qayd etish kerakki, ushbu G‘ofurovning xaridi «Paxtakor»ning davralar oralig‘idagi ilk transferi bo‘ldi.
Bunga qadar 2018 yilda Isroil klublariga ijara berilgan isroillik Gidi Kanyuk «Paxtakor»ga qaytgani, shuningdek, Sadriddin Abdullayev ham jarohatidan keyin mashg‘ulotlarga qo‘shilgani xabar qilingan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi