5 624
Bokschi Dadashev og‘ir jarohatdan vafot etdi – jangni to‘xtatishga uni zo‘rg‘a ko‘ndirishgan edi (video)
23 iyul kuni rossiyalik bokschi Maksim Dadashev AQShdagi shifoxonada vafot etdi.
20 iyul kuni u Okson-Hill shahrida puertorikalik Subriyel Matias bilan ringga chiqdi. Ammo juda ko‘p zarba o‘tkazib yuborgani sababli, uning sekundantlari jangni 11-raundda to‘xtatishga majbur bo‘lishdi. Bungacha murabbiy Baddi Makgirt bokschini taslim bo‘lishga uzoq vaqt mobaynida ko‘ndirishga harakat qilgan edi.
Jangdan keyin bokschi o‘zini yomon his qildi. Shifoxonada unga miyaning og‘ir shishi tashxisi qo‘yildi. Shu sababli bokschi 2 soat davomida operatsiya qilindi. Shishni yo‘qotish uchun bokschi bosh suyagining bir qismini olib tashlashga to‘g‘ri kelgan. Keyinroq sportchi medikamentoz koma holatiga tushirildi. 23 iyul kuni esa 28 yoshli bokschi hushiga kelmasdan vafot edi.
Dadashev professional boksda 2016 yilda debyut qilgan. U Matias bilan janggacha birorta mag‘lubiyatsiz qatorasiga 13 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Peterburglik sportchi barcha janglarini AQShda o‘tkazgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi