Bokschi Maksim Dadashevning o‘limi kabi xabarlardan so‘ng odamlar bir-birini uradigan sportga nisbatan nafrat paydo bo‘ladi. Bu haqda Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov o‘zining Instagram’dagi sahifasida yozdi.
20 iyulga o‘tar kechasi Dadashev puerto-rikalik Subriel Matias bilan jang o‘tkazdi. So‘nggi, 12-raund oldidan bahs to‘xtatildi, rossiyalik boshidan olgan og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga olib ketildi. 23 iyul kuni shifokorlar bokschi vafot etganini ma’lum qilishdi.
«Bu holat bizga sport eng muhim narsa emasligi, undan ham muhimroq narsalar borligini yana bir bor isbotladi. Har safar bunday yangilikni ko‘rganimda yoki eshitganimda, men bir-birimizni uradigan ushbu sport turidan nafratlanishni boshlayman», - deb yozgan Nurmagomedov Dadashevning yaqinlari va do‘stlariga sabr tilab.
Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlyov sportchining o‘limiga izoh berib, tashkilot ushbu voqeani surishtiruvdan o‘tkazishini, Dadashevning oilasiga yordam berishini va sportchi jasadini Rossiyaga olib kelishda ko‘mak ko‘rsatishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi