
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasining 14-tur bahslariga 26-iyul, juma kuni start beriladi.
Kunning dastlabki oʻyinida Namanganning “Navbahor” klubi oʻz maydonida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:30 da boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, “Navbahor” 13-turda navoiyliklarni 2:1 hisobida magʻlub etgandi.
Samvel Babayan qoʻl ostiga oʻtgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi Jizzaxning “Soʻgʻdiyona” jamoasi maydoniga safar qiladi.
Maʼlumot uchun, “temiryoʻlchilar” avvalgi turda jizzaxliklardan ustun kelgandi (2:0).
Shu kuni Shota Arveladze boshqaruvidagi Toshkentning boshqa bir jamoasi “Paxtakor” oʻz uyida “Qoʻqon-1912”ni sinovdan oʻtkazadi.
Qayd etish joiz, “sherlar” oldingi turda Qoʻqon klubini Shohrux Mahmudhojiyevning dubli evaziga magʻlubiyatga uchratgandi (2:1).
1-davra yakuniga koʻra musobaqa jadvalidagi holat:

Bugun boʻladigan oʻyinlar quyidagi vaqtlarda boshlanadi:
1. “Navbahor”—“Qizilqum” 19:30
2. “Soʻgʻdiyona”—“Lokomotiv” 20:00
3. “Paxtakor”—“Qoʻqon-1912” 20:00 “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar