Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (8 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) avgust oyida o‘zining 9-jangini o‘tkazadi.
GoSport’ning xabar berishicha, 24 avgust kuni Meksikada bo‘lib o‘tadigan jangda G‘iyosovga sobiq Jahon chempioni Darlis Peres (34 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 22 ta nokaut) raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli Peres 10 yildan buyon professional boksda faoliyat yuritib keladi. Shu paytgacha u 4 bor yutqazgan bo‘lsa, barchasida kuchli raqiblar Yuriokis Gamboa, Entoni Krolla, Lyuk Kempbell va marhum Maksim Dadashevga imkoniyatni boy bergan. U, shuningdek, super yengil vazn toifasining WBO chempionlik kamari sohibi Moris Hukerga qarshi jangda durang natija qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta G‘iyosov 26 aprel kuni Inglvudda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida amerikalik Emanuel Teylorni (20 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat, 14 ta nokaut) mag‘lubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi