Hindiston Shaxmat federatsiyasi, Osiyo Shaxmat federatsiyasi va FIDE boshchiligida, milliy shaxmat federatsiyalarini Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadigan shaxmat bo‘yicha G‘arbiy Osiyo yoshlar va o‘smirlar chempionatida ishtirok etish uchun taklif qilmoqda.
Musobada qatnashish yoshi 6-20 yosh qilib belgilangan. O‘z yosh toifasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida ishtirok etgan barcha yoshlar ushbu musobaqada qatnashishlari mumkin.
G‘arbiy Osiyo chempionatining tashkiliy qo‘mitasi rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, asosiy ishtirokchilar 10 avgustgacha 75$ (o‘z yosh toifasida O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar), qo‘shimcha ishtirokchilar 150$ miqdoridagi mablag‘ni tashkiliy qo‘mitaga to‘lashi belgilangan.
Ushbu sanadan keyin kechikkan ishtirokchilar har bir rasmiy o‘yinchi uchun asosiy o‘yinchilar 125$ va qo‘shimcha o‘yinchi uchun 200$ miqdoridagi mablag‘ni to‘lashiga to‘g‘ri keladi. 3 mahal ovqat hamda turar joyga 1 kunga 1 kishilik xona uchun 90$, ikki kishilik xona (har bir kishi) uchun 50$ miqdoridagi summani tashkil qiladi.
Transfer xarajatlari (Indira Gandi nomidagi Halqaro aeroport – Tivoli Grand Resort Hotel – Indira Gandi nomidagi Halqaro aeroport) 100$ni tashkil qiladi.
Musobaqaga borib kelish harajatlari ishtirokchilar tomonidan qoplanadi.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, musobaqada qatnashish istagi bo‘lgan shaxmatchilar arizalarni, O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasiga topshirishlari talab etiladi.
Sirli Hindistonda bo‘ladigan, G‘arbiy Osiyo chempionatida qatnashish uchun ro‘yhatdan o‘tish muddati 1 avgustgacha. Turnir so‘nggida 7 mo‘’jizadan biri hisoblanadigan Toj-Mahalga sayohat ham uyushtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi G‘arbiy Osiyo chempionati Toshkent shahrida o‘tkazilib, unda terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagandi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi