08:28 / 29.07.2019
2 848

Ro‘ziqul Berdiyev: "Surxon"ga qarshi o‘yin rejamiz asosida o‘tdi

Ro‘ziqul Berdiyev: "Surxon"ga qarshi o‘yin rejamiz asosida o‘tdi
Superliga 14-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Nasaf" (1:3) uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yin rejamiz asosida o‘tdi va yigitlar g‘alabaga haqli edi. To‘p nazorati, o‘yinning borishi va hisob bo‘yicha ham ustunlikka erishdik va shu bois g‘alabani qo‘lga kiritdik. Bugungi raqibimiz tajribali futbolchilarga ega bo‘lgan kuchli jamoa edi.

"Surxon" birinchi davrada yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Ammo hozirgi o‘zgarishlar jamoaga qanchalik foyda beradi, buni vaqt ko‘rsatadi. Klubning olib borayotgan siyosatini ko‘llaymiz, lekin uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga aralashishga haqqimiz yo‘q", - dedi Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Surxon"ga qarshi o‘yin rejamiz asosida o‘tdi