23:57 / 30.07.2019
2 649

Samvel Babayan: "Jizzaxda bundan-da yaxshiroq o‘ynagandik"

Samvel Babayan: "Jizzaxda bundan-da yaxshiroq o‘ynagandik"
Superliganing 15-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Dinamo" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Umuman olganda qiyin o‘yin bo‘ldi. Endi "Lokomotiv"ning oldida oson o‘yinlar bo‘lmaydi. Barcha raqiblar bizga qarshi o‘zgacha kayfiyatda maydonga tushishmoqda. "Dinamo"ning oldingi o‘yinini ham tomosha qilgandik. Bugungi bahs bilan solishtirsak, "Dinamo" ikki xil o‘yin namoyish qildi. Ammo ko‘proq e’tiborni men o‘z jamoamga berishni istayman. Ruhiy tushkunlikdan chiqib olib, g‘alaba qozongani uchun yigitlarga rahmat aytaman. O‘yin davomida uzoq vaqt gol ura olmaganimiz uchun bugun bir necha vaziyatlarda biroz asabiylashdik.

E’tiborlisi, gollarni hujumga javob beradigan futbolchilar kiritdi. Endi biz ko‘proq g‘alabalarga erishib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. O‘yin sifati va natijasi borasida hali anchagina ishlashimiz kerak.

- Jizzaxdagi mag‘lubiyatdan keyin nimalarni o‘zgartirishga harakat qildingiz?
- Agarda ushbu o‘yinlarni solishtiradigan bo‘lsak, biz Jizzaxda ko‘proq vaziyatlar yarata olib, yanada yaxshiroq o‘ynagandik. Vaziyatlardan gol kiritishda muammolarga uchrayapmiz. Ikkinchi bo‘limda esa katta tashabbusga erisha olgandik. Yetakchi jamoalar mag‘lubiyatga uchraganidan keyin yigitlarni ruxlantirish qiyin bo‘ladi. Mag‘lubiyatlarga kam uchraydigan futbolchilarga kerakli so‘zlarni topa bilish darkor. Chunki ular hali ko‘p kurashishlari kerak.

- Bugun debyut o‘yinidayoq gol kiritgan Medina Smitning o‘yini haqida fikringiz.
- Uni davralar oralig‘ida ijaraga oldik. Umuman olganda yosh bo‘lsa ham anchagina iqtidorli va tajribali. U ikkinchi davrada "Lokomotiv"ga yanada yaxshiroq o‘ynashi uchun yordam bera oladi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Jizzaxda bundan-da yaxshiroq o‘ynagandik"