
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Rostov” klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Rossiya premer-ligasining iyul oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Ta’kidlash kerakki, 50 yoshli mutaxassis bu borada Sergey Matveyev ("Krasnodar"), Eduardo Dokampo ("Rubin"), Dmitriy Parfenov ("Ural") va Sergey Semak ("Zenit") kabi murabbiylarni ortda qoldirishga erishdi.
Ma’lumot uchun, “Rostov” ayni damda RPLning ortda qolgan 3ta turidan so‘ng 7 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodovning o‘zi ham RPLda oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar qatorida edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar