O‘zbekiston Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Surxon” – “Lokomotiv” uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Termizda bo‘lib o‘tgan bahsda maydon egalari irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvning 7-daqiqasida Sardor Mirzayev jarima maydoni tashqarisidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shundan keyin ham “Loko” futbolchilari bir nechta qulay imkoniyatlargaega bo‘lishdi, biroq ular samarasiz bo‘ldi.
Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mehmonlar himoyada xatoga yo‘l qo‘yishdi. 39-daqiqada Azamat Isroilov raqib himoyasidagi palapartishlikdan unumli foydalanib muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘limda ham kichik ustunlik “temiryo‘lchilar” tomonida bo‘ldi, biroq bu hisobda aks etmadi. 82-daqiqada Abdul Aziz Yusupov mezbonlarga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda “Loko” darvozasi tomoniga penalti belgilandi. Shundan keyin Islom To‘xtaxo‘jayev asablarini jilovlay olmadi va hakamga e’tiroz bildirgani uchun maydondan chetlatildi.
Shu tariqa, “Surxon” kubok chorak finaliga yo‘l oldi. “Lokomotiv” esa musobaqani tark etdi.
Sosa Sola O‘zbekiston Kubogi 1/8 final
"Surxon" – "Lokomotiv" 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 0:1 - 7 Mirzayev, 1:1 - 39 Isroilov, 2:1 - 82 Yusupov, 3:1 - 90+3, penalti Stanoyevich.
"Surxon": Sardor Qobuljonov, Abduqahhor Xojiakbarov, Azamat Isroilov (Asror G‘ofurov, 60), Rahmatullo Berdimurodov, Abdulaziz Yusupov, Abror Ismoilov, Eldor Boymatov, Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A’zam Aliyev, Darko Stanoyevich.
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Oston O‘runov, Jamshid Iskanderov, Sardor Mirzayev (Diyorjon Turopov, 85), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Ariagner Smit Medina, 65), Islom To‘xtaxo‘jayev, Yovan Jokich, Davron Hoshimov, Arslanmirat Amanov, Igor Yelich.
Ogohlantirishlar: Qobuljonov (15), To‘xtaxo‘jayev (90+1)
Chetlatish: To‘xtaxo‘jayev (90+1) “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi