O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qo‘mitasi totalizatorga bog‘liq holatni aniqlab, jazo belgiladi.
O‘FA rasmiy saytiga ko‘ra, «Oq-tepa» klubining sobiq bosh murabbiyi Yaroslav Krushelnitskiy 1 yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirilgan. U shu yilning 12 iyun kuni «Iftixor» jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida murabbiy bo‘la turib totalizator o‘yiniga aralashgani bunga asos bo‘lgan.
«Jazo tayinlashda Yaroslav Krushelnitskiyning o‘z aybini to‘liq tan olib, qattiq pushaymonligini bildirganligini inobatga olindi», – deyiladi rasmiy axborotda.
Shuningdek, o‘sha uchrashuvda «Iftixor» tarkibida o‘ynagan, hozir esa «Qizilqum»da faoliyat olib borayotgan Nodir Kamolov ham totalizator o‘yini ishtirokchisiga aylangani aniqlangan.
«Kamolov ham o‘z aybini to‘liq tan olib, qattiq pushaymonligini bildirganligi uchun qo‘mita tomonidan O‘FA Intizom kodeksining tegishli bandiga asosan olti oy muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi», – deb ma’lum qilindi O‘FA rasmiy saytida.
O‘FA Etika qo‘mitasi o‘z bayonotida futbol sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, murabbiylar va futbolchilarni professionallik, tartib-intizom va halollik qoidalariga rioya qilgan holda ishlashga chaqirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi