Shu kunlarda Quvaytda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytga kelib, yarim finalga yo‘l olgan terma jamoa vakillari nomi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda MOQ.
E’tiborlisi, musobaqani boshlagan 14 nafar bokschimizning barchasi chorak final jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, g‘alaba sari ildam qadam tashlab borishmoqda. Chorak final janglarining natijasi quyidagicha:
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov – Pavel Tokarev (Qozog‘iston) 5:0
-37 kg: Hojiakbar Mahmudov – Salim Abbos (Iroq) 4:1
-40 kg: Farrux To‘laganov – Baddur Muhammad Ali (Suriya) 4:1
-43 kg: Umidillo Rasulov – Bind Rupesh (Hindiston) 4:1
-46 kg: Boburbek Bobojonov – Nixil (Hindiston) 3:2
-49 kg: Lazizbek To‘lqinov – Sherpa Vangdi (Nepal) (Bokschimiz 2-raundda raqibini nokaut qildi)
-52 kg: Dalerjon Bozorov – Ashish (Hindiston) 5:0
-55 kg: Jahongir Narziyev – Vadim Baurin (Qirg‘iziston) 5:0
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov – Aidos Matayev (Qozog‘iston) 5:0
-61 kg: Mirzob Nekboyev – Abu Jihad Yaxyo (Iordaniya) (Bokschimiz 1-raundda raqibini nokautga uchratdi)
Ma’lumot uchun, 4 avgust kuni o‘tkazilgan janglarda 4 nafar bokschimiz ringga ko‘tarilib, yarim final yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi