
«Bavariya» klubi «Rottax-Egern» bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, raqiblarini 23:0 hisobida taslim etishdi.
«Rottax-Egern» Bavariya shahrining Misbax tumanidagi klub hisoblanadi va jamoalar o‘tgan yili ham nazorat bahsida maydonga tushishgan bo‘lib, o‘shanda «qizillar» 20:2 hisobida zafar quchishgandi.
Avvalroq, Niko Kovach shogirdlari Germaniya Superkubogi uchun bahsda «Borussiya D»ga imkoniyatni boy (0:2) berishgandi. Myunxenliklar keyingi rasmiy uchrashuvni esa 12 avgustda mamlakat Kubogi doirasida «Energi»ga qarshi o‘tkazishadi.
«Rottax-Egern» 0:23 «Bavariya»
Gollar: Sanshesh 7ʼ 20ʼ, Dayaku 8ʼ, Levandovski 9ʼ 16ʼ 30ʼ, Gnabri 34ʼ, Tolisso 38ʼ 41ʼ 40ʼ 42ʼ, Myuller 49ʼ 61ʼ 88ʼ, Singx 55ʼ 59ʼ, Goretska 63ʼ 67ʼ 78ʼ, Ditrich (avtogol) 73ʼ, Vridt 76ʼ 83ʼ, Nollenberg 80ʼ.



“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar