00:13 / 11.08.2019
2 566

Samvel Babayan: "Bugun g‘alabaga loyiq edik"

Samvel Babayan: "Bugun g‘alabaga loyiq edik"
Superliga 16-turi doirasida "Surxon" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyin "temiryo‘lchilar" bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bir necha kun ichida bir raqib bilan ikki marta, bunday noqulay ob-havoda o‘ynash juda qiyin. Yigitlarning bugungi ko‘rsatgan o‘yinlaridan mamnunman. Bugun ular g‘alabaga loyiq edilar. Men uchun jamoam har bir o‘yinda mana shunday maksimal ravishda harakat qilishlari juda muhim. Ular kurashishyapti, faqatgina shu orqali g‘alabalar qo‘lga kiritiladi. Bugun esa uch ochkoni qo‘lga kiritishimiz uchun vaziyatlardan foydalansak bo‘lgani edi. Bugun o‘yin davomida yigitlarga qattiqroq kurashishlarini ta’kidlab o‘tdim.

Hozirda oson o‘yinlarning o‘zi yo‘q. Raqiblar osonlikcha taslim bo‘lishmaydi. Jamoamiz bugun "Lokomotiv" uchun, kollektiv uchun kurashishdi. Shu boisdan ularga yana bir bor rahmat aytib o‘taman.

Natija borasida aytib o‘tishim mumkinki, muxlislar ham ikki tomon ham bunga rozi bo‘lishlari kerak. Sardor Qobuljonov bugun ajoyib o‘yin namoyish qildi. Bizning tarbiyalanuvchimiz, biz futbol yo‘llarini ochgan darvozabon shunday darajaga yetgani bizni quvontiradi.

Bugun "Surxon" muxlislari o‘yin davomida bizga ruhiy bosim berishga harakat qilib turishdi. Bunday o‘yinlar yoddan chiqmaydi. Jamoamizning potensiali yuqori. Hozirda biz himoyada, tezkor qarshi hujumlarga o‘tishda yo‘lga qo‘yilayotgan xatolarni to‘g‘rilay olamiz. Bunga imkoniyatimiz yetadi. Oldindagi vazifamiz - chiroyli o‘yin ko‘rsatish va yaxshi natijalarga erishish.

- Jamoa safar o‘yinlarida g‘alabaga erisha olmayapti. Bunga nima sabab deb o‘ylaysiz?
- Vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Safarda mag‘lub bo‘layotgan o‘yinlarimizda ko‘plab golga tortadigan vaziyatlarga ega bo‘lyapmiz. Bulardan foydala olish esa bizning muammomiz bo‘lib turibdi. O‘yin sifati va boshqa jihatlar borasida raqiblardan kam joyimiz yo‘q.

- "Bunyodkor" bilan oradagi farq qisqarib ketayapti. Bunga qanday munosabatdasiz?
- Bu yilgi chempionat qiziqarli o‘tayapti. Ko‘plab jamoalarning darajasi deyarli bir xil. Biz oldindagi har bir o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Ayniqsa, ruhiy tayyorgarlik hozirda birinchi o‘rinda. Bugun g‘alabaga loyiq edik. O‘yinning foni shunday demoqda. Natijani unutamiz va keyingi o‘yinga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Yovan Jokich: - Bugun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Biz esa qarshi hujumdan unumli foydalandik. So‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qolganimiz, mag‘lubiyatga uchramaganimiz yaxshi bo‘ldi. Keyingi o‘yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz.

- Bugungi bahs bilan bir necha kun oldingi o‘yinni solishtiradigan bo‘lsak, qaysi jihatlar ajralib turdi?
- Kubok o‘yinida g‘alabaga erishganidan keyin "Surxon" o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirib yuborgandi. Shuning uchun bugungi o‘yin qiyin o‘tishini bilgandik. Endi keyingi o‘yinlarda o‘tgan natijalarni yoddan chiqaramiz.

- Bugun siz markaziy himoyada o‘ynadingiz. Bu qiyin bo‘lmadimi?
- Himoyachi va yarim himoyachi. Deyarli har doimgidek his qildim. Murabbiy nimanidir talab qilganidan keyin futbolchi ham o‘z professionalligini namoyish qilishi kerak.

- "Lokomotiv" safar o‘yinlarida g‘alabaga erisha olmayotganiga nima sabab deb o‘ylaysiz?
- "Lokomotiv"ga qarshi o‘ynayotgan barcha raqiblar qarshi hujumlarga tayanmoqda. Ular asosiy vaqtini himoyada o‘tkazishmoqda. Biz ko‘p kuch yo‘qotib, gol o‘tkazib yuboryapmiz.

Manba: lokomotiv.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Bugun g‘alabaga loyiq edik"