Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida VAR (Video assistant referee), ya’ni hakamning video ko‘makchisi tizimini qo‘llashga hali erta, deb hisoblaydi “OKMK” klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov
“Maydonlar mos bo‘lishi kerak. Ana o‘shanda futbol umuman boshqacha bo‘ladi”, - dedi Qosimov Sputnik nashriga. – Aytganlaridek, step by step: qadamma-qadam oldinga qarab rivojlanamiz”.
Shuningdek, u milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper ishi haqida ham bir necha og‘iz fikr bildirdi. Shu bilan birga, u bir tarafdan turib birovning harakatiga izoh berish osonligi, shuning uchun buni yoqtirmasligini ta’kidladi.
“Kuper professional, biroq Osiyo Kubogida omadi kelmadi, - dedi u. Jahon futbolida xorijiy murabbiylarni taklif qilish amaliyoti tez-tez uchrab turadi. Lekin bizning ham ishlashi va natija ko‘rsata olishi mumkin bo‘lgan mutaxassislarimiz bor”.
“Paxtakor”ning sobiq mashhur hujumchisi Mirjalol Qosimov 2006 yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan. U dastlab O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi murabbiyining yordamchisi sifatida, keyin “Bunyodkor” jamoasi murabbiyi sifatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. 2018 yilning dekabr oyida Qosimov “OKMK” jamoasining bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi