Messiga futbol tarixidagi eng baland narx belgilandi

Messiga futbol tarixidagi eng baland narx belgilandi
Messiga futbol tarixidagi eng baland narx belgilandi

Sport tadqiqotlari xalqaro markazi (CIES) Yevropaning «kuchli beshlik» chempionatlarida to‘p surayotgan futbolchilarning transfer narxlarini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Ushbu ro‘yxatda eng qimmat futbolchi sifatida Lionel Messi qayd etilgan – uning narxi 220 million yevroga baholangan. Ikkinchi o‘rindagi Krishtianu Ronalduning transfer qiymati tadqiqot markazi tomonidan 133 million yevro qilib belgilangan. “Chelsi” yarim himoyachisi Eden Azar esa 99 million yevrolik futbolchi sifatida ko‘rilgan.

Shuningdek, “qimmatbaholar” o‘ntaligidan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan: Diega Kosta (“Chelsi”, 84 million yevro), Pol Pogba (“Yuventus”, 72 million yevro), Serxio Aguero (“Manchester Siti”, 65 million yevro), Raxim Sterling (“Liverpul”, 63 million yevro), Sesk Fabregas (“Chelsi”, 62 million yevro), Aleksis Sanches (“Arsenal”, 61 million yevro), Garet Beyl (“Real”, 60 million yevro).

Futbolchilarning qiymati bir qancha omillar asosida belgilangan. Jumladan, 2009 yildan buyon futbolchilar o‘tkazgan o‘yin, urgan gollar, klublari va terma jamoalari qayd etgan natijalar o‘rganib chiqilgach va ularning transfer qiymati chiqarilgan.

Messi bu borada yetakchi bo‘lishiga u o‘tgan yillar davomida qo‘lga kiritgan ko‘pdan-ko‘p yutuqlar, xususan 4 marta “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritishi (2009, 2010, 2011, 2012) asos bo‘lgan.

foto: kun

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar