"Rostov" klubi forvardi, hamyurtimiz Eldor Shomurodov "Match TV"ga intervyu berdi. E’tiboringizga ushbu suhbatni to‘liq ko‘rinishini havola etamiz.
"Rostov" yoz davomida ko‘proq hujumkor o‘ynadi. Karpin uslub o‘zgarishini qanday e’lon qildi?
Karpin futbolchilarga biz ko‘proq hujum qilamiz, bosim o‘tkazamiz, dedi. Bu taktika mashg‘ulotlarda ham ko‘rinib turgandi. Avvaliga, murabbiylar shtabi Yevropaning turli jamoalari qanday harakat qilishlarini tomosha qilishdi va birinchi turdan so‘ng, ularning o‘yinlarini ko‘rib chiqish va xulosa chiqarish boshlandi.
Karpinning murabbiylar shtabida ispaniyalik mutaxassislar ko‘p. Avvallari o‘ynagan jamoalaringizdan "Rostov"ning mashg‘ulotlari farq qiladimi?
Ha, juda ham. Bu yerda har bir mayda detallargacha professional tarzda yondashiladi. Har bir futbolchida alohida biriktirilgan mashg‘ulotlari bor. Meniki qanday? Men mushaklarni cho‘zish, egiluvchanlik ustida ko‘proq ishlayapman. Kamroq jarohat olish uchun ishlayapman.
Aleksandr Zuyevning aytishicha, Karpin jamoasi tanadagi yog‘larni qattiq nazorat qilmoqda. Asosan salatlarni tanovul qilgan Zuyev juda yuqori formaga kirib oldi. "Rostov"dagi vaqtingizda jismoniy holatingiz o‘zgardimi?
Menda ortiqcha yog‘lar bilan jiddiy muammo bo‘lmagan. Ammo doimo mashg‘ulotlarda ham, ovqatlanish rejimida ham buning ustida ishlayman. Yig‘indan oldin, Karpin qanday ovqatlanish kerakligini tushuntirdi. Ko‘proq ko‘katlar, tovuq go‘shti, baliq mahsulotlari, salatlar va mevalar iste’mol qilishni maslahat berdi. Ammo nimadir tanovul qilishimizgacha majbur qilishmaydi. Shunchaki, maslahat beriladi, xolos.
Yaqinda, "Rostov"da ikki yetakchi ketdi. Kalachev va Gatskan. Endi kim jamoada yetakchi bo‘ladi?
Ragnar Sigurdsson va Roman Yeremenko. Ikkita ajoyib futbolchilar.
Mavsum boshidagi o‘yinlaringizdan ko‘nglingiz to‘lyaptimi?
Yomon boshlamadim, ammo yanada yaxshi o‘ynashni istayman. Shunday ruhda davom etish kerak. Harakat qilishdan to‘xtamayman.
O‘tkir paslar yetkazib berishda Yeremenkodan keyin ikkinchisiz (o‘rtacha 2,6 ta pas. Avvalgi mavsumda 1,3 ta). Bu jiddiy o‘sish. Nimani hisobiga o‘zgarish ro‘y berdi?
Bu mavsum, o‘zimga bo‘lgan ishonch ortdi. O‘zbekistonda bunday paslarni tez-tez amalga oshirardim. Bu menga yoqadi. Rossiyada bunga erishish uchun biroz vaqt talab etildi.
Yeremenko 2 yil futbol o‘ynamadi. Ammo u hozir RPLning eng kuchli futbolchilaridan biri. Qanday qilib u bunday muvaffaqiyatga erishmoqda?
U yurakdan ishlaydi. O‘z ishiga professional yondashadi. Mashg‘ulotlardan so‘ng qolib ishlamaydi. Shundoq ham bizda yetarli darajada mashg‘ulotlar bo‘ladi. Shuning uchun qolib, ishlab bo‘lmaydi. Barchasi murabbiylar ko‘z o‘ngida bo‘lib o‘tadi. Agar siz qo‘shimcha ishlamoqchi ekanligingizni aytsangiz, ular sizga dastur yaratib ham berishadi.
"Rostov" ushbu mavsum Yevrokuboklar uchun kurasha oladimi?
Albatta. Bunga harakat qilamiz. Bizda tarkib yaxshi shakllangan.
Tug‘ilgan joyingiz haqida gapirib bering.
Jarqo‘rg‘onda dunyoga kelganman. Bu katta shahar emas. Bolaligim shu yerda o‘tgan. Ota-onam hamon Jarqo‘rg‘onda istiqomat qilishadi. Otam ham futbolchi bo‘lgan. Aytishlaricha, yaxshi o‘ynaganlar, ammo jarohatga uchraganlar. Keyin tadbirkorlik qilishni boshlaganlar va o‘zlarining do‘konlari bor.
7 yoshimda ko‘chada futbol o‘ynashni boshlaganman. Maydonimiz yomon emas edi, biroz notekis, ammo chim bor edi. 12 yoshimda "Mash’al" akademiyasiga kirdim. U O‘zbekistonda eng zo‘ri deb hisoblanardi. Biz rus, ingliz tillarini o‘rganardik va kompyuter bilan ishlardik. Ammo, men yaxshi o‘qimaganman. Albatta, afsus qilaman. Bizga o‘sha kezlar hatto aytishardi: "O‘qing, bo‘lmasa keyin afsus qilasiz".
Boshida qiynalganman. Uyimdan uzoqda edi(300 km). U paytlar telefonim bo‘lmagan. Do‘stlarimnikidan foydalar edim va haftada bir bor uydagilar bilan gaplashardim. Ammo, men futbolchi bo‘lishni juda ham istardim. Ota-onam ham buni ta’kidlashardi va barchasi osonlik bilan hal bo‘lmasligini, sabr qilishim, harakat qilishim kerakligini aytib o‘tishardi. Men sabr qildim. Keyinchalik ko‘nikib ketdim.
Hozirda, O‘zbekistonda ko‘plab akademiyalar barpo etilgan. "Mash’al"da esa, ishlar yaxshi emas. Balki pul tugagandir. Jamoa ilgari yuqori ligada o‘ynardi. Hozir birinchi ligaga tushib ketgan.
Qachon birinchi butsaga ega bo‘lgansiz?
Akademiyaga kirganimdan so‘ng, taxminan yarim yoki bir yildan keyin. Bizda bir bola bo‘lardi. Uni butsalari bor edi. Undan so‘rab turganman. Bungacha Keda va krossovkalarda to‘p tepardim. Bizning akademiyada bunga ruxsat bor edi. Moskvaning "Lokomotiv"iga malaka oshirish uchun 4 ta bolani jo‘natishgan. Ular orasida men ham bor edim. 10 kun vaqt mobaynida shu yerda bo‘lganmiz. Bu orada adashmasam, SSKA klubiga qarshi bahs olib borganmiz. Taxminan, 14 yoshda edim. Maktab menga butsa ham olib bergan edi. Bungacha, ota-onam ham olib berishgandi.
Bolaligingizda, "Bunyodkor"ning o‘yinlaridan birida Rivaldoni maydonga olib tushgan ekansiz. Bu qanday ro‘y bergan?
Amakim "Mash’al"da o‘ynardi. U bilan chiqishni reja qilgandim. Ammo, bizni "Bunyodkor" tomonga o‘tkazib qo‘yishdi. Albatta, Rivaldo bilan chiqish istagi paydo bo‘ldi, lekin barcha bolalar navbat bilan turar edi. Qaysi futbolchi to‘g‘ri kelsa, shu bilan chiqishingiz kerak bo‘ladi. Omadim kelgan. Yulduz bilan chiqishda qattiq hayajonlanganman. Keyinchalik barcha hazillashgandi: "Endi bir hafta qo‘lingni yuvish mumkin emas".
Agentingiz German Tkachenko Rossiyada juda mashhur. U bilan qanday tanishgansiz?
German Tkachenko bilan qanday tanishganman? Uni menga Samvel Babayan tanishtirgan. Babayan u payt terma jamoamiz bosh murabbiyi edi. German o‘yin kuni tashrif buyurdi. Bellashuvdan so‘ng, u bilan ko‘rishdik, gaplashdik va barchasi hal bo‘ldi.
Tkachenko sizni Mourino bilan tanishtirgan. Joze suhbatda o‘zini qanday tutgan?
German menga Mourino bilan uchrashuv bo‘lishini aytmagan edi. Ammo syurpriz borligini aytdi. Biz gaplashib o‘tirdik va bir payt Mourino kirib keldi. Oldiniga ishonmadim, keyin so‘rashdim, biroz suhbatlashdik. U Osiyo Kubogida sharhlovchilik qilgan edi. Tkachenko Jozega men u yerda o‘ynaganim va gol urganimni tushuntirdi. Mourino esa buni bilgan ekan.
Ko‘plab futbolchilarda, shunday vaziyatlar bo‘ladiki yuqori saviyada o‘ynashga bo‘lgan ishonch so‘nadi. Shunday holatlar bo‘lganmi?
Men bunday xayollarni o‘ylamaslikka urinaman. Ammo "Rostov"ga kelib, asosiy tarkibga kira olmaganimda xavotirga tushganman. O‘ynab ketishimga ko‘pchilik ishonmagan edi. Kimlardur bir yildan so‘ng qaytib keladi deyishgan.
Dosh berishingizga nima yordam berdi?
Otam va ikki amakim futbolchi bo‘lishgan. Doimo qo‘llab-quvvatlashgan. Ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman.
Agentingiz sizni RPLning boshqa klublari taklifini ko‘rib chiqmasligingiz va Yevropaga ketishni istashingizni aytdi. Qaysi chempionat sizga yoqadi?
Ota-onamning va mening orzuim Yevropada to‘p surishim. Kuchli beshlikda o‘zimni sinab ko‘rishni istayman. Aynan qaysi birida, bu muhim emas. Ammo hozir "Rostov" bilan 5 yillik shartnomam bor, ketish haqida o‘ylamayapman.
Futboldan tashqari nima bilan shug‘ullanish yoqadi?
Rus bilyardi yoqadi. U qiziqarli. "Rostov"da ko‘pchilik o‘ynaydi.
Bilyardni kimga qarshi o‘ynash qiyin?
Mixail Osinov bilan. U murabbiyimiz.
Dam kuningiz nima qilishni yoqtirasiz?
Uyda bo‘lib, dam olish menga manzur bo‘ladi.
So‘nggi paytlarda sizga ma’qul bo‘lgan kitob qaysi?
O‘zbekcha kitoblar o‘qiyman. So‘nggi o‘qigan kitobim juda qiziqarli ekan. "Ikki eshik orasida". U 1941-1945 yillarda bo‘lib o‘tgan jahon urushida, odamlar qanday hayot kechirishgani haqida.
Sizningcha, barcha davrlarning eng kuchli hujumchisi kim?
Menga Torres va Drogba yoqar edi. Yana braziliyalik Ronaldo ham.
"Youtube"da nimalar ko‘rasiz?
Faqat sport haqida emas. Har hil qiziqarli videolar. Nimadir to‘g‘risida faktlar.
Eng katta orzuingiz nima?
Terma jamoamiz bilan JChga chiqish va u yerda o‘ynash.
Botirali Mahkamov
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi