Futbol sharhlovchisi Nobel Arustamyanning xabar berishicha, Turkiyaning «Galatasaroy» klubi skautlari «Rostov»-«Krilya Sovetov» o‘yini paytida mezbonlar hujumchisi Eldor Shomurodov va «Krilya Sovetov» hujumchisi Aleksandr Sobolevlarni kuzatishgan.
Ushbu o‘yinda «Rostov» 1:0 hisobida g‘alaba qozondi, yagona golni esa Eldor Shomurodov kiritdi.
«Hamkasblarim efir paytida Rostovga Turkiyadan skautlar kelganini aytishdi, ammo aynan qaysi futbolchilarni kuzatgani kelishganini aniqlab berishmadi. Qo‘shimcha qilaman, «Galatasaroy» skautlari Sobolev va Shomurodovni kuzatishgan. Ammo turklar hozir o‘zbekistonlik hujumchini sotib olisholmaydi, chunki Eldorning narxi juda qimmat. «Rostov» hujumchisini sotmoqchi emas», – deb yozadi Arustamyan «tvitter»da.
Hozirgi vaqtda 24 yoshli Shomurodov va 22 yoshli Sobolev «Zenit» hujumchisi Artyom Zyuba bilan birgalikda to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib borishmoqda. Ularning hisobida 4tadan gol bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)