Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" hamda "Nasaf" jamoalari (1:0) o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng toshkentliklar ustozi Samvel Babayan bellashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugungi o‘yin har tomonlama - turnir jadvalidagi holat nuqtai nazaridan, shuningdek, ruhiy holatimizni yaxshilab olish uchun ham bizga muhim edi. Ushbu raqib orqali biz qanchalik darajada sifatli o‘yin ko‘rsata olishimizni ko‘rib olardik. Bugungi bahs ko‘rsatdiki, biz buni holatma holat yaxshilab boryapmiz. Vaziyatlarni yaratishdagi harakatlarimiz ancha chiroyli ko‘rinyapti.
Boshqa tomondan olib qaraganda, himoyadagi pozitsion o‘yinimiz ham yomon ko‘rinish olmadi. So‘nggi daqiqalarga qadar barcha ko‘rsatmalarni to‘liq bajargani, o‘yinni tashlab qo‘ymagani uchun futbolchilarimdan minnatdorman. Muxlislarni ham g‘alaba bilan tabriklayman. Faqatgina oldinga harakat qilamiz. Bugungi o‘yin davomida bir necha epizodlarda ko‘rindiki, biz qaysi yo‘nalishda yurishni davom etishimizni bilib oldim.
- Raqib «Lokomotiv»ga qanchalik darajada qarshilik ko‘rsatdi deb hisoblaysiz?
- «Nasaf» - yosh va iqtidorli futbolchilardan tashkil topgan jamoa. Ular to‘g‘ri yo‘ldan ketishmoqda. Yildan yilga yosh yigitlar katta tajriba to‘plashmoqda. Ushbu yigitlar fonida «Nasaf» juda kuchli jamoa bo‘lib ko‘rinyapti. Shu boisda qarshilik muxlislarni shunday jamoasi borligi bilan tabriklab qolaman.
- Temurxo‘ja Abduxoliqov so‘nggi o‘yinlarda kam gol urmoqda. Bunga nima sabab bo‘lmoqda deb o‘ylaysiz?
- Bir nechta jihatlar. Oilaviy ruhiyat holati. O‘yin davomida ruhiy holat bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar bo‘lib turadi. Temurxo‘ja yuqori saviyali, sifatli futbolchi. Biz ko‘rib, o‘zi tushunib turgan xatolarni to‘g‘rilashda ishlashda davom etamiz. U bizning asosiy hujumchimiz va u yaqin vaqtlarda o‘zining oldingi holatiga qayta oladi.
- «Lokomotiv» o‘z maydonida gol o‘tkazmasdan g‘alabaga erishyapti. Himoyachilarning o‘yinlariga yuqori baho bera olasizmi?
- Barcha jamoa hujum qilishni ham himoyada o‘ynashni ham bilishi kerak. Yaxshi himoya bilan turnirlarda g‘olib bo‘lish mumkin. Ammo har doim o‘yinda muvozanat bo‘lishi kerak. Bugungi bahsning so‘nggi daqiqalarida yigitlar ruxiy tomonlama ajoyib ko‘rinishdi. Shuningdek, bunday pallada futbolchilarimiz natijani ushlab qolish uchun qanchalik darajada harakat qila olishini ham ko‘rib oldik. Raqiblarning deyarli barcha hududlarini yopib qo‘yib, ularga vaziyat bermadik deb ayta olaman.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin