
Foto: BeinSports
«Santos» klubining sobiq prezidenti Marselo Teysheyra 2006 yilda hujumchi Neymarning «Real»ga transferi nima sababdan bekor bo‘lganini ma’lum qildi.
«U «galaktikos» davridan buyon «Real»ga maftun bo‘lib qolgandi. Biz Neymarni jamoada saqlab qolish uchun uning otasiga 1 million dollar taklif qildik. U esa osonlikcha rozi bo‘ldi.
Klub rahbariyatining barcha a’zolari o‘shanda meni tentakka chiqargandi, biroq men Neymar o‘ziga xos futbolchi ekanini bilar edim. «Santos» uni saqlab qolishi kerak edi. Bu qiyin qaror edi, ammo yakunda to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.
Biz «Real» bilan muzokara o‘tkazmadik. O‘shanda aytgan gaplarim uni jamoada saqlab qolish uchun edi.
O‘sha vaqtda Robino transferi sabab «Santos» va «Real» o‘rtasidagi munosabatlar chigal edi. Oxir-oqibat jamoa Neymarni ushlab qoldi va klublar o‘rtasidagi munosabat keskinlashmadi», — deydi Teysheyra. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar