1 941
Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi raqibi Luis Kollazo haqida nimalarni bilishimiz kerak?
Avvalroq professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangini 18 oktyabr kuni AQShda Luis Kollazoga qarshi o‘tkazishini ma’lum qilgandik.
Luis Kollazo o‘rta vazn bokschilar orasida ancha kuchli hamda mashhur bokschi hisoblanadi. Shu boisdan, bugun Kudrattiloning raqibi haqida qiziqarli ma’lumotlar berishga harakat qilamiz.Luis Kollazo 1981 yil 22 aprel kuni Puerto- Rikoda tug‘iladi, lekin bo‘lajak bokschining yoshligi asosan Bruklin shahrida o‘tgan.
Luis professional boksga 2000 yilda kirib keladi. Kollazo profidagi debyut jangini 2000 yilning 17 may sanasida amerikalik Hose Maldonadoga qarshi o‘tkazadi. Jangning birinchi raundidayoq Luis raqibini nokaut qilishga erishgan. Shu tariqa, Luis professional boksga kirib kelgan.
Kollazo professional boksdagi dastlabki mag‘lubiyatini 14-jangiga kelib qabul qiladi. O‘shanda u kolumbiyalik Edvin Kassianiga 10 raundlik jangning uchinchi raundida mag‘lub bo‘ladi. Qudratilloning bo‘lajak raqibi dastlabki chempionlik kamariga 2005 yili ega bo‘ladi. O‘shanda u Xose Antonio Riveraga qarshi WBA Regular kamari uchun ringga ko‘tariladi. Jangda biroz ustunlikka ega bo‘lgan Luis ochkolar hisobida raqibini taslim qiladi.
Ammo Luis kamarini bor-yo‘g‘i bir marta himoya qilishga erishadi. Ikkinchi himoya jangida sobiq jahon chempioni Rikki Xattonga qarshi o‘tkazadi. Kuchli raqibga qarshi 12 raund turishga erishgan Luis hakamlarning qarori bilan kamarini boy berib qo‘yadi. Shundan so‘ng, ukrainalik Artur Atazxanov ustidan g‘alaba erishgan Luis WBC International kamari uchun yana bir kuchli bokschi Sheyn Mosliga qarshi ringga ko‘tariladi, lekin Luis bu raqibiga ham ochkolar hisobida taslim bo‘lgan.
Sheyndan uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng ikkita jangda g‘alaba qozonib, yana bir bor kamar uchun ringga ko‘tarilish imkonini qo‘lga kiritadi. Bu galgi raqib Andre Berto edi. Jang g‘olibi WBC kamariga ega chiqishi lozim edi. Lekin, afsuski Kollazo yana bir bor kamarga ega bo‘lish imkonidan mahrum bo‘ladi.
Kollazo boshqa bokschilardan farqli ravishda taslim bo‘lishni istamaydi, mag‘lubiyatlarga qaramasdan yana yangi chaqiruvlarni qabul qilishga doim tayyor bokschilardan hisoblanadi. Shu sababli, 2013 yilning 2 sentyabr kuni vakant bo‘lib turgan WBA International kamari uchun Alan Sanchesga qarshi ringga ko‘tariladi. 10 raundga mo‘ljallangan jangda nihoyat Luis raqibini taslim etishga erishadi hamda chempionlik kamariga ega bo‘ladi. Luis chempionlik kamarini yana bir kuchli hamda mashhur bokschi Amir Xanga boy berib qo‘yadi.
Amir Xandan so‘ng yana bir mag‘lubiyatini Kit Turmandan qabul qilib oladi. Umuman olganda, Luis Kollazo professional boksda jami 46 bor ringga ko‘tarilgan, ularning 39 tasida g‘alaba qozongan, faqatgina yettita bahsda mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rgan. Lekin, uni mag‘lub etgan bokschilarning barchasi haqiqiy kuchli hamda chempionlar hisoblanishadi. Qudratillo ushbu jangni o‘z foydasiga hal qilib olganidan so‘ng Errol Spens hamda Shon Porter o‘rtasidagi jang g‘olibi bilan ikkita kamar uchun ringga ko‘tarilishi mumkin bo‘ladi.
Qayd etish lozimki, Abduqahhorov ayni paytda Bob Arumga tegishli bo‘lgan "Top Rank" kompaniyasi bilan uchta jangga shartnoma imzolagan. Kelishuv doirasida dastlabki jang yaponiyalik Keyta Obaraga qarshi tashkil etildi. Ushbu jangda bokschimiz ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi. Ikkinchi jang esa Luis Kollazoga qarshi tashkil etiladi. Va nihoyat uchinchi jang esa katta ehtimol bilan chempionlik uchun tashkil etiladi. Bungacha malayziyalik promouterlar bilan birga ishlagan Qudratillo kerakli vaqtda, kerakli promouter bilan shartnoma imzoladi deyishimiz mumkin.
Nig‘monxo‘ja Nozimov tayyorladi
Manba : olamsport.com “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin