Foto: «Chempionat»
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor rossiyalik yakkakurashchi Habib Nurmagomedov bilan revansh jangi o‘tkazishni istamoqda.
«Revansh o‘tkazishni va o‘z sovrinimni qaytarib olishni istayman. Nurmagomedov bilan bo‘lgan jang tayyorgarligi noto‘g‘ri bo‘lgandi. U birinchi raund mobaynida mendan qochib yurdi, biror marta zarba bermadi va oyoqqa hujumga o‘tishga urindi.
U butun jang javomida men bilan suhbatlashganini aytmoqda. Biroq bunday bo‘lgani yo‘q, u ustunlikni qo‘lga kiritmagunga qadar hatto pichirlamadi ham!
Men soniyalarning qaysidir ulushida chalg‘ib, unga ustunlikni qo‘lga olish imkoniyatni taqdim etib qo‘ydim. Biroq men bu jangdan saboq oldim. Men undan qasos olish uchun qayta olaman», — deydi Makgregor.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor va Habib 2018 yilning oktyabrida jang o‘tkazgan hamda Nurmagomedov to‘rtinchi raundda raqibini mag‘lubiyatga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi