
Angliya Premer-ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Liverpul" hamda "Arsenal" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
"Enfild Roud" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Joel Matip hamda Muhammal Saloh (dubl) tomonidan kiritilgan gollarga "to‘pchilar" safida Lukas Torreyra bir bor javob qaytardi.
Shu tariqa, "qizillar" hisobidagi ochkolar soni 9 taga yetdi va jamoa turnir jadvalidagi peshqadamligini davom ettiradigan bo‘ldi. Londonliklar esa 6 ochko bilan 2-pog‘onada qolishdi.
"Liverpul" - "Arsenal" 3:1
Gollar: Joel Matip (41), Muhammad Saloh (49-P), Muhammad Saloh (59), Lukas Torreyra (85).
"Liverpul" – Adrian, van Deyk, Aleksander-Arnold, Robertson, Matip, Veynaldum, Fabino, Xenderson, Mane, Firmino, Saloh.
"Arsenal" – Leno, Monreal, David Luiz, Papastatopulos, Meytlend-Naylz, Gyundozi, Jaka, Sebalos, Uillok, Pepe, Obameyang. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar